11 756
Rossiyada sevgilisiga 24 marta, uning onasiga 29 marta og‘ir tan jarohati yetkazgan o‘zbekistonlik yigit sud qilindi
Rossiyaning Kaluga viloyati sudi 26 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan hukm chiqardi. U ikki kishining o‘limida aybdor deb topildi. Bu haqda Kaluga viloyati Prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilning 6 avgust sanasida viloyatning Obninsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi sevgilisi bilan janjallashib qoladi va u onasi bilan yashaydigan yotoqxonaga keladi.
25 yoshli yigit 22 yoshli sevgilisi va uning 47 yoshli onasi bilan muloqot chog‘ida o‘zaro mojaro yuzaga kelib, yigit oshxona pichog‘ini oladi va qizga 24 marta, uning onasiga esa 29 marta tan jarohati yetkazadi. O‘tkir tig‘li quroldan olingan jarohatlar tufayli ona va uning qizi voqea joyida jon berishgan.
Yuz bergan voqeadan so‘ng jinoyatga qo‘l urgan yigit Sankt-Peterburgga ketishga harakat qiladi, ammo 7 avgust kuni Tver viloyatidagi stansiyada qo‘lga olinadi.
Sud jarayonida sudlanuvchi yigit unga qo‘yilgan aybni rad qilmadi, ammo u buni kuchli hayajon ostida qilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, qizning onasi ularning munosabatlariga mutlaqo qarshi bo‘lgan va yigitning sha’niga haqoratli so‘zlar aytgan. Shunday bo‘lsa-da, o‘zbekistonlik yigitning o‘ta og‘ir jinoyatni qasddan sodir etgani sud majlisi davomida isbotlandi.
Kaluga viloyati sudi jinoyatchiga 17 yillik qamoq jazosi tayinladi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi