00:06 / 26.08.2017
6 316

Tojikistonda yangilik: «yigirma», «qirq»larda dasturxon solinmaydi, sunnat to‘yi oila davrasida san’atkorlarsiz o‘tkaziladi

Tojikistonda yangilik: «yigirma», «qirq»larda dasturxon solinmaydi, sunnat to‘yi oila davrasida san’atkorlarsiz o‘tkaziladi
Marhumlarga atab o‘tkaziladigan “yigirma”, “qirq”, “yil” marosimlarida qo‘y so‘yib, dasturxon solish ta’qiqlanadi.
Sunnat to‘yi o‘tkazish ham endi man etildi, bundan buyon sunnat qilish bilan bog‘liq tadbirlar qarindosh-urug‘lar bilan kichik o‘lchamda, san’atkorlarsiz o‘tkazilishi belgilab qo‘yiladi. Sunnat to‘yini nikoh to‘yiga qo‘shish ham qonun bilan ta’qiqlab qo‘yiladi. Tojikiston hukumati shunday qaror chiqardi. Bu haqida vodiymedia.uz xabar beradi.

Tojikistonda Parlamenti quyi palatasi “Respublikada an’analar, tantanalar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida” Qonunning yangi tahririni bir ovozdan ma’qulladi. Qonun muhokamasiga hattoki diniy ulamolarni ham taklif etishdi. Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar mamlakat rahbari, Millat Peshvosi Emomali Rahmon tomonidan taklif etilgan.

Bu masalalarning amalga tadbiq etilishi diniy yoki milliy deb bilinadigan, lekin aslida xurofot bo‘lgan ko‘plab sarfgarchilik tadbirlaridan voz kechish orqali aholining o‘z jamg‘armalarini yelga sovurishlarining oldini olish deb ta’kidlashdi deputatlar.
Bu qonun talablari buzilgan hududlar rahbarlari vazifasidan chetlatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda yangilik: «yigirma», «qirq»larda dasturxon solinmaydi, sunnat to‘yi oila davrasida san’atkorlarsiz o‘tkaziladi