17:47 / 26.08.2017
5 862

Shimoliy Koreya yaqin masofaga uchuvchi 3 ta ballistik raketani yapon dengiziga uchirdi

Shimoliy Koreya yaqin masofaga uchuvchi 3 ta ballistik raketani yapon dengiziga uchirdi
Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlari qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Raketalar Amerika yoki Yaponiya mamlakatining xavfsizligiga tahdid solmagani xabar qilinmoqda. Reaktiv dvigatelli apparatlardan biri start olishi bilanoq havoda portlab ketgan. Yana ikkitasi parvoz vaqtida ishdan chiqqan. Seul xarbiylarining ma’lum qilishicha, uskunalar 250 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh rahbari Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zaro bir-biriga tahdid qilganidan so‘ng Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari ballestik raketalarni Guam oroliga uchirish vaqtinchalik ortga surilishini ma’lum qilgandi.

Biroq, 21 avgust kuni Vashington va Seul keng miqiyosda harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan. Rasmiy Pxenyan bu tadbirni Shimoliy Koreyaga hujum qilishga tayyorgarlik deb baholamoqda.

Manba:uzbekistan24.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya yaqin masofaga uchuvchi 3 ta ballistik raketani yapon dengiziga uchirdi