20:09 / 26.08.2017
4 849

Hemilton Shumaxerning rekordini takrorladi

Hemilton Shumaxerning rekordini takrorladi
"Formula-1"da "Mersedes" jamoasining britaniyalik poygachisi Lyuis Hemilton Belgiya Gran-prisining saralashida g‘alaba qozondi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

32 yoshli britaniyalik yetti karra jahon chempioni nemis Mixael Shumaxerning yutib olingan saralashlar bo‘yicha rekordini takrorladi. Endilikda ularning har ikkisi 68 g‘alabaga ega. "Formula-1"da amaldagi poygachilar orasida Hemiltonning eng yaqin ta’qibchisi "Ferrari" poygachisi Sebastyan Fettel sanaladi. Uning hisobida 48 g‘alaba bor.

Britaniyalik eng yaxshi aylanani 1 daqiqayu 42,907 soniyada bosib o‘tdi, bu esa trassa rekordi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya Gran-prisi poygasi 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hemilton Shumaxerning rekordini takrorladi