20:31 / 26.08.2017
7 461

Turkiyalik olimlar birinchi marta yangi sayyora kashf qildi

Turkiyalik olimlar birinchi marta yangi sayyora kashf qildi
Anqara va Egey universiteti olimlari o‘n yillik tadqiqotlardan so‘ng tarixda birinchi marta yangi sayyorani aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Sayyora Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan.

Uch olim va bir doktorant Yupiterga o‘xshash sayyorani ochdi. U Yerdan 212 yorug‘lik yili narida joylashgan.

Tadqiqot guruhi boshlig‘i Mas’ud Yilmazning so‘zlariga qaraganda, loyiha ustidagi ish 2007 yili boshlangan edi. Ularga loyihani amalga oshirishda Rossiya va Yaponiya vakillari yordam bergan.

«Rossiya–Turkiya optik teleskopi hamda Okayama astrofizika observatoriyasi xodimlari bilan hamkorlik natijasida oxirgi paytlarda fazodagi ayrim o‘zgarishlarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldik», — ta’kidladi Yilmaz.

Undan tashqari, tadqiqotda professor Salim Usmon Salom, professor Varol Keskin va doktorant Ibrohim O‘zvajiy ishtirok etdi. Tadqiqot Antalya shahridagi observatoriyada olib borildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyalik olimlar birinchi marta yangi sayyora kashf qildi