23:19 / 29.08.2017
9 164

Olimlar ulkan "dengiz ajdari" ni topishdi

Олимлар улкан "денгиз аждари" ни топишди
Germaniya va Buyuk Britaniya olimlaridan iborat guruh qadimiy dengiz jonivori hisoblangan ulkan “dengiz ajdari”ning toshga aylangan qoldiqlarini topdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Mazkur dengiz jonivori dinozavrlar bilan bir paytda yashagan. Ulkan dengiz kaltakesagi ixtiozavrning jasadi qoldiqlari bundan 20 yil ilgari Angliya qirg‘oqlaridan topilgan bo‘lib, shu paytgacha to‘liq o‘rganilmagan edi.

Paleontolog Sven Saks Quyi Saksoniyaning Gannoverdagi Davlat muzeyi kolleksiyalarini tomosha qila turib, tasodifan jonivorning tosh qotgan jasadi qoldiqlariga ko‘zi tushdi va tadqiqot ishlarini boshlab yubordi.

Tadqiqot natijasida olimlar tosh qotgan suyaklar urg‘ochi ixtiozavrga tegishli bo‘lganligini, u homilador vaqtida halok bo‘lganligini aniqlashdi. Ixtiozavrning ichidan embrion qoldiqlari topildi. Olimlarning taxmin qilishicha, hayvonning uzunligi 3-3,5 metrni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar ulkan "dengiz ajdari" ni topishdi