Fransiyalik arxeologlar «Kichik Pompey»dagi qazishmalar chog‘ida noyob topilmalarga duch kelishdi. Ven shahri yaqinidagi Sent-Kolomba hududida aniqlangan qadimiy shahar mutaxassislar tomonidan ana shunday nomlangan. Shahar joylashgan hududdagi qazishmalarda Rim imperiyasi davriga taaluqli buyumlar ham topildi.
Ular orasida kichik hajmli qilich va boshqa qurol-aslahalar ham bo‘lib, topilma 1-asrning o‘rtalariga tegishli deb tahmin qilinyapti. Olimlarning aytishicha, shahar eramiz boshida barpo etilgan. Uzoq yillar davomida gullab-yashnagan zaminni 3–asrda, yong‘inlar tufayli aholi tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Kul ostida qolgani uchun ham ko‘pgina buyumlar yaxshi saqlanib qolgan deyishmoqda mutaxassislar.
Shuningdek, arxeologlar omborxona va peshtaxtalarga ega bozor qoldiqlari, ibodatxona, 2 ta xonadon va drenaj tizimiga ham duch kelishdi. Arxeologlar buni olamshumul topilma deb atashyapti. Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, Sent-Kolombadagi 7 ming kvadrat metr hududda olib borilayotgan tadqiqotlar yil oxiriga qadar davom etadi.
Manba: uzbekistan24.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?