23:25 / 30.08.2017
7 027

Saudiya Arabistonga Haj safari uchun kelgan ziyoratchilar soni 1,8 mln.ga yetdi

Saudiya Arabistonga Haj safari uchun kelgan ziyoratchilar soni 1,8 mln.ga yetdi
Joriy yilning 30 avgustidan boshlab, muborak haj amalini bajarish uchun Saudiya Arabistonga dunyoning barcha mamlakatlaridan ziyoratchilarning tashrifi boshlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonga butun dunyodan Haj safari uchun 1,8 mln ziyoratchilar tashrif buyurdi. Chegara nazorati xizmatining xabar berishicha, 1,6 mlndan ortiq ziyoratchilar havo yo‘li orqali kelishgan. Bu haqida Qalampir.uz xabar bermoqda.

“Bizning rejamizda ikki million ziyoratchi (ulardan 1,73 millioni xorijliklar) tashrif buyurishi kerak edi”, deydi Saudiya Arabistonining Tashqi ishlar vazirligi vakili Mansur al-Turki. Bu yil ziyoratchilar soni avvalgi yillardan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi…

Makka, Madina va Islom olamidagi boshqa shaharlarda Saudiya Arabistonning ikki mingdan ziyod tibbiyot xodimlari ziyoratchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan 7–23 avgust kunlari 7346 nafar ziyoratchilar Haj safariga kuzatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonga Haj safari uchun kelgan ziyoratchilar soni 1,8 mln.ga yetdi