18:30 / 31.08.2017
5 815

Mumbayda bino quladi, qurbonlar ko‘p

Mumbayda bino quladi, qurbonlar ko‘p
Hindistonning Mumbay shahrida uch qavatli bino qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 15 nafar inson jarohatlandi. Bu haqda «ANI»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, vayronalar ostidan 25 kishi chiqarib olingan.

Ayni damda qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.

Joriy yilning iyul oyi oxirlarida Mumbayda uy qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mumbayda bino quladi, qurbonlar ko‘p