Bill Geyts tag‘in "jahonning eng boy kishisi" maqomini boy berdi

  • 01 sentyabr 2017, 22:29
  • 5 019
  • Dunyo
  • Билл Гейтс тағин "жаҳоннинг энг бой кишиси" мақомини бой берди
    Microsoft asoschisi Bill Geyts yana jahonning eng boy kishisi maqomini boy berdi, deb yozadi Forbes jurnali. Nashr reytingiga ko‘ra, Geytsdan bu nufuzni Inditex Zara, Pull & Bear hamda Massimo Dutti brendlarining asoschisi Amansio Ortega olib qo‘ygan. Unga ko‘ra, Amansio Orteganing boyligi $85 mlrd, Bill Geytsning boyligi $84,9 mlrd. dollarni tashkil qilmoqda.

    Shu vaqtga qadar Ortega 3 marotaba, qisqa muddatlarda reytingda Bill Geytsdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Har gal uzog‘i bilan bir kun mobaynida sayyoramizning eng boy kishisi degan nomni o‘zida saqlab turgan.

    81 yoshli Amansio Ortega Ispaniyada kambag‘al oilada tug‘ilgan. Amansio 13 yoshida oilasiga ko‘maklashish maqsadida, maktabni tark etishga majbur bo‘ladi. U Camiseria Gala do‘kon-atelesiga asos solib, muvaffaqiyat sari qadam tashlaydi. 1975 yilda esa Amansio Ortega Zara brendiga qarashli ilk do‘konni ochadi.

    Manba: «Terabayt»

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bill Geyts tag‘in "jahonning eng boy kishisi" maqomini boy berdi