13:45 / 03.09.2017
4 786

O‘zbekiston TIV “Ozodlik”da e’lon qilingan xatga e’tibor qaratdi

O‘zbekiston TIV “Ozodlik”da e’lon qilingan xatga e’tibor qaratdi
O‘zbekiston tomoni “Ozodlik” radiosi veb-sahifasida 2017 yilning 1 sentyabr kuni “AQShdagi o‘zbek diplomatlari ustidan prezidentga arz qilmoqdalar” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolaga e’tibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan ochiq xatda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi xodimlari qonunsizlik hamda o‘z xizmatlarini suiste’mol qilganligi aytilgan.

O‘z navbatida O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy vazirligi AQShdagi O‘zbekiston TIV xodimi xat muallifi bilan uchrashib, xatda ko‘tarilgan masalalarni muhokama etishga tayyorligini bildirgan.

«Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, Vashington shahrida bo‘lib turgan respublika TIVning mas’ul xodimi Qadamboy Sultonovga maktubdagi masalalarni muhokama qilish uchun muallif bilan uchrashish vakolati yuklatilgan», — deya qayd etilgan TIV xabarida.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy vazirligi “Ozodlik” radiosi internet-manbaasi xat muallifi bilan bog‘lanishga ko‘mak berishiga umid qilmoqda.

Manba: fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston TIV “Ozodlik”da e’lon qilingan xatga e’tibor qaratdi