Rajaston shtatidagi Udaypur shahri chekkasida joylashgan qishloqda yashovchi ayollar 2,5 metrli pitonni tutib olib, ikki soat davomida uni qo‘riqlashdi. Kun.uz nashri shu haqida xabar berdi.
Ayollardan biri oilaviy dalada ishlayotib, sudralib yuruvchini payqab qoladi. Uning qichqirgan ovoziga boshqa qishloqdoshlari yetib kelishdi. Yig‘ilganlar ilonning boshqa dalaga o‘tib ketmasligi uchun uni har tarafdan o‘rab olishga qaror qilishdi. Bundan tashqari, ular ilonga hech kim tosh otmasligi va zarar yetkazmasligini nazorat qilishdi.
Kamida yetti ayol ikki soat davomida ilonning atrofida turdi, so‘ngra ayollardan birining qarindoshi kelib, Udaypurdan yovvoyi hayvonlar bilan ishlovchi mutaxassisni chaqirib keldi. Yetib kelgan mutaxassis bu yo‘lbars-piton ekanini aytdi. Ilonning zaharli emasligini bilgach, ayollar uni ushlab, suratga tushishdi.
Yo‘lbars-pitonlar Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Ular uzunasiga 4 metrgacha o‘sib, kichik tuyoqlilar, kemiruvchilar, maymunlar va qushlar bilan oziqlanadi. Yiriklari odamlarga hujum qilishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi