18:33 / 06.09.2017
5 525

Parij yaqinida avtomobil politsiyachi ustiga haydab borildi

Parij yaqinida avtomobil politsiyachi ustiga haydab borildi
Parij yaqinidagi Vernuye shahrida avtomobil huquqni muhofaza qilish idorasi xodimiga qarab haydab borildi. Bu hadqa «BFMTV»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, hodisa olib qochilgan mashinani qidiruv bo‘yicha amaliyotni o‘tkazish vaqtida yuz bergan. Ikki politsiyachi o‘g‘irlangan sifatida qayd qilingan avtomobilni to‘xtatishga uringan, biroq transport vositasi haydovchisi ularning talabiga bo‘ysunmadi hamda uni huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimiga qarab haydab borgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi voqea joyidan yashiringan, hozirgi vaqtda uni politsiya qidirmoqda. Avtomobil yo‘lovchisi qo‘lga olingan. Jabrlangan politsiyachining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Marselda avtomobil haydovchisi avtobus bekatlariga hujum uyushtirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij yaqinida avtomobil politsiyachi ustiga haydab borildi