08:35 / 10.09.2017
13 727

NASA istalgan asteroiddan “dahshatliroq” xavfdan ogohlantirdi

NASA istalgan asteroiddan “dahshatliroq” xavfdan ogohlantirdi
NASA koinot agentligi mutaxassislari odamzod uchun istalgan asteroid tushishidan ham jiddiyroq xavf borligini aytishdi. Gap supervulqon otilishi haqida ketmoqda. AQSh koinot agentligida aytilishicha, bugungi kunda dunyoda 20 ga yaqin supervulqon mavjud. Biroq ulardan faqatgina bittasining otilishi jamiki tirik jonzot uchun xavf soladi.

Olimlarning fikricha, eng xavfli supervulqon AQShdagi Yelloustoun milliy bog‘idagi Yelloustoun vulqonidir. O‘lchami taxminan 55 km ga 72 km lik o‘ra qizigan magma bilan to‘lgan.

Vulqon otiladigan bo‘lsa undan chiqadigan magma 95 km dan kattaroq radiusdagi barcha narsani yoqib yuborgan bo‘lardi. Vulqon otilishi jarayonida chiqadigan chang va gazlar dunyoni “vulqon qishiga” cho‘mdirardi. Bu holat bir necha o‘nlab yillar davom etib, millionlab odamlarning halokatiga sabab bo‘lardi.

NASA mutaxassislarining fikricha, ushbu falokatning oldini olish mumkin. Buning uchun Yelloustoun vulqoni portlash kuchini xavfsizlantirish kerak.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA istalgan asteroiddan “dahshatliroq” xavfdan ogohlantirdi