22:32 / 12.09.2017
9 747

Astronomlar kuchli magnit bo‘roni haqida ogohlantirmoqda

Astronomlar kuchli magnit bo‘roni haqida ogohlantirmoqda
Fanlar akademiyasining fizika instituti rentgen-quyosh astronomiyasi laboratoriyasi olimlari 13 sentyabr kuni kuzatiladigan magnit bo‘roni haqida ogohlantirmoqda.

Magnit bo‘roni 10 sentyabrda Quyoshdagi chaqnash tufayli yuzaga kelgan va uning quvvati 5 balldan 2–3 ballga teng deb baholanmoqda.

10 sentyabrdagi chaqnash 4 sentyabrda boshlangan eng kuchli chaqnashlardan biridir. Endilikda chaqnash faolligi Quyoshning teskari qismiga o‘tadi. Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, keyingi ikki hafta mobaynida ortiqcha quyosh faolligi odamlarga xavf tug‘dirmaydi.

Shunga qaramay, yaqin kunlarda oxirgi chaqnashning energiya zarrachalari massasi Quyosh tizimi sayyoralarini qamrab oladi. Asosiy ta’sir Merkuriy va Venera sayyorasiga o‘tadi, Yerga esa Quyosh to‘lqinining magniti faqat kichik darajada ta’sir qilishi mumkin.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Astronomlar kuchli magnit bo‘roni haqida ogohlantirmoqda