12:02 / 14.09.2017
5 564

Tramp Hillari Klintonni yana tanqid qildi

Tramp Hillari Klintonni yana tanqid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbarligi uchun saylovlardagi sobiq raqibi Hillari Klintonni yana tanqid qildi. U bu haqda tvitterda yozgan, deydi KUN nashri.

Klinton so‘nggi bir necha kun davomida «Nima yuz berdi» nomli kitobi chop etilgani tufayli faol ravishda intervyu bermoqda. Kitob saylov kampaniyasiga bag‘ishlangan.

«Hillari Klinton saylovlardagi mag‘lubiyati uchun o‘zidan tashqari hammani ayblamoqda. U debatlarda mag‘lub bo‘ldi va boshqaruvni yo‘qotdi», - deya yozdi Tramp.

Avvalroq Klinton saylovlarda o‘ziga ovoz bermaganlarni kechirishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Hillari Klintonni yana tanqid qildi