17:26 / 14.09.2017
9 505

Dunyoning 8 nafar milliarderi bir kunda 8 milliard dollarga boyidi

Dunyoning 8 nafar milliarderi bir kunda 8 milliard dollarga boyidi
Forbes reytingida birinchi sakkiz pog‘onani egallagan biznesmenlarning boyligi bir kunda 8,3 milliard dollarga ortdi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Aniqlanishicha, ro‘yxatda yetakchilik Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsda qolmoqda. Uning boyligi 277 million dollarga oshib, 85,3 milliard dollarga yetgan. Bunga 12 sentyabr kuni aksiyalar narxining oshishi sabab bo‘ldi.

Amazon aksiyalari ham ertalabdan 1,25 foizga oshdi. Djeff Bezos o‘zining boyligini 83,3 milliard dollarga oshirib oldi. Eng ko‘p boyigan Zara brendi asoschisi Amansio Ortega bo‘ldi – (2,2 milliard). Ammo shunday bo‘lsa ham u 82,2 milliard dollar bilan ro‘yxatning uchinchi o‘rnida qolmoqda.

To‘rtinchi o‘rindagi Uorren Baffet 926 million dollarga boyidi. Uning boyligini 76,4 milliardga baholashmoqda. Mark Sukerbergning boyligi ham 1 milliardga ko‘paydi (72,1 milliard dollar). Meksikalik magnat Karlos Slimning boyligi yarim kunda 70,1 milliard dollarga yetdi – 661 million.

Forbes yettinchi pog‘onasini Oracle bosh direktori Larri Elliso egalladi. 12 sentyabr kuni uning boyligi 63,5 milliard dollarga yetdi – o‘sish 975 million. Forbes sakkiztaligini Moet Hennessy va Louis Vuitton benefitsiari Bernar Arno yopib berdi. Uning davlati 1,3 milliardga oshib, 58,4 milliard dollarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning 8 nafar milliarderi bir kunda 8 milliard dollarga boyidi