Avstriya parlamentining tarixiy binosidagi ta’mirlash ishlari davomida Adolf Hitler byustlari va u tasvirlangan suratlar topildi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, yerto‘ladan Hitlerning ikkita byusti, u tasvirlangan to‘rtta surat hamda bir barelef (tekis yuzaga ishlangan bo‘rtma naqsh) topilgan. Avstriya Milliy kengashi spikeri Doris Buresonning qayd etishicha, topilma parlamentda natsistlar tarixiga tegishli buyumlar yo‘q qilinishi lozimligini ko‘rsatadi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, parlamentning tarixiy binosida, Avstriya 1938 yilda qo‘shilganidan so‘ng «Birlashish masalalari bo‘yicha reyxskomissariat» joylashgan. Keyinchalik bino Milliy sotsialistik nemis ishchilari partiyasiga berilgan.
Joriy yilning fevral oyida Avstriyada Hitlerga o‘xshash bo‘lgan yigit hibsga olingani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi