20:01 / 16.09.2017
6 647

Shri-Lankada 24 yoshli jurnalist yigit timsohga yem bo‘ldi…

Shri-Lankada 24 yoshli jurnalist yigit timsohga yem bo‘ldi…
U Angliyaning «Financial Times» gazetasida faoliyat yuritgan Pol MakKleyn edi. Uning jasadini oradan bir kun o‘tgach, harbiy g‘avvoslar suv ostidan topishdi. Guvohlarning aytishicha, jasadning sog‘ joyi qolmagandi. Taxminan o‘n-o‘n besh yerida timsohning tish izlari qolib ketgan. Tish izlari qolgan yerdagi go‘shtlarni timsoh uzib olgan va shuning uchun har bir tish izi joylashgan joy o‘yiq holatda edi.

Politsiyachilarning ta’kidlashlaricha, fojia mamlakat poytaxti Kolombo shahridan 360 kilometr uzoqlikdagi qishloqda sodir bo‘lgan. Jurnalist mehnat ta’tilida bo‘lib, daryo bo‘yida yaqin do‘stlari bilan dam olayotgandi. Qo‘l yuvish ilinjida daryoga engashgan-u, shu mahal suv ostida timsoh poylab turgan. Qo‘li suvga tekkan zahoti kuch bilan uni pastga tortib ketgan.

Fojia sabablari o‘rganilmoqda. Hozircha odamxo‘r timsohni g‘avvoslar va qutqaruvchilar otryadi vakillari qidirishmoqda.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada 24 yoshli jurnalist yigit timsohga yem bo‘ldi…