18:09 / 16.09.2017
7 313

Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni g‘ajib tashladi

Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni g‘ajib tashladi
The Financial Times nashrida ishlagan britaniyalik jurnalist Pol MakKlin Shri-Lankada timsoh o‘ljasiga aylandi. Bu haqda «New York Post»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Oksford universitetining 25 yoshli bitiruvchisi do‘stlari bilan ta’tilda edi. U qo‘lini yuvish uchun yaqin atrofdagi ko‘l tomon uzoqlashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, MakKlin qo‘llarini suvga tushirganda timsoh uni tutib olgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ular qo‘l-oyoqlarini silkitayotgan erkakni sudralib yuruvchi suv ostiga tortib ketganligini ko‘rgan.

Jurnalist syorfingchilar orasida mashhur plyaj yaqinidagi Elefant-Rok ko‘lida g‘oyib bo‘lgan. Qutqaruvchilar britaniyalikning jasadini qidirmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shri-Lankada timsoh britaniyalik jurnalistni g‘ajib tashladi