22:38 / 16.09.2017
6 013

Gruziyalik rossiyalik ayolni Turkiyadan chamadonda olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi

Грузиялик россиялик аёлни Туркиядан чамадонда олиб чиқиб кетмоқчи бўлди
Gruziyalik erkak Turkiyadan rossiyalik ayolni noqonuniy tarzda olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Bojxonachilar ayolni chamadon ichida aniqlashgan, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Voqea Batumi yaqinidagi Turkiya-Gruziya chegarasidagi “Sarpi” nazorat-o‘tkazish punktida yuz bergan. O‘z ortidan og‘ir va katta chamadonni bazo‘r sudrab ketayotgan 47 yoshli erkak bojxonachilar e’tiborini tortgan va ular chamadonni tekshirishga qaror qilishgan. Aniqlanishicha, chamadon ichida 27 yoshli rossiyalik Angelina Samusenko bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik ayol Turkiyada yo‘l-transport hodisasi ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bo‘lgan. YTH joriy yil may oyida Kemer kurort shahrida yuz bergan. Ayol mast holatda avtomobilda Antalyadagi besh yulduzli mehmonxonalardan birida bog‘bon bo‘lib ishlagan va 6 farzand otasi bo‘lgan keksa yoshli kishini urib ketgan. Sud ayol bir yoshli farzandini tarbiyalayotganini hisobga olib, uni hech qayerga ketmaslik tilxati ostida qo‘yib yuborgan. Avariya vaqtida ayolning farzandi u bilan birga mashinada bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyalik rossiyalik ayolni Turkiyadan chamadonda olib chiqib ketmoqchi bo‘ldi