02:10 / 17.09.2017
9 783

Qozog‘istonda 2018 yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi

Qozog‘istonda 2018 yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi
Qozog‘istonda kelgusi yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilinadi, deya ma’lum qildi Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bugun bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarda madaniy-gumanitar aloqalar muhim o‘rin tutadi. Biz 2018 yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini o‘tkazishga kelishib oldik. Shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi ham belgilandi. Ushbu doirada xalqlarimiz birodarligini mustahkamlashga xizmat qiladigan turli tadbirlar tashkil etiladi", — dedi Nazarboyev.

2019 yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi.

O‘zbekiston yili doirasida Qozog‘istonda o‘zbek rassomlari ko‘rgazmalari tashkil qilinadi, xalq ustalari hunarmandlik yarmarkalarida ishtirok etishadi, musiqa va teatr jamoalarining gastrollari uyushtiriladi. Ostona, Almati va Qozog‘istonning boshqa viloyatlarida o‘zbek tili, madaniyati va an’analari kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 2018 yil O‘zbekiston yili deb e’lon qilindi