Myanma davlat maslahatchisi va haqiqiy yetakchisi Do Aun San Su Chji Neypidoda parlament a’zolariga yo‘llagan o‘z murojaatida Rakxayn shtatida «mojarodagi barcha tomonlar» qo‘llayotgan zo‘ravonlikni qoraladi. «Biz Rakxayn shtatida mojarodagi barcha tomonlar qo‘llayotgan noqonuniy zo‘ravonlikni qoralaymiz. Ziddiyat davomida qonun buzilishlarda aybdor bo‘lgan barcha shaxslar o‘z harakatlari uchun qonun doirasida javob beradi. Biz bu mojaroda barcha jabrlanganlarga chuqur hamdardlik bildiramiz», - deya uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Shuningdek, Myanma yetakchisi Bangladeshga qochib o‘tgan rohingyalarga Rakxayndagi uylariga qaytishga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi. Bu ular Myanmada yashash huquqiga ega ekanliklari tasdiqlangach, ro‘y beradi. «Biz qaytishni istagan qochqinlarni tekshiruvdan o‘tkazishga tayyormiz», - dedi u.
25 avgust kuni «Arakan rohingyalarini qutqarish armiyasi» guruhi bir necha politsiya bo‘linmasiga hujum qildi. Myanma armiyasi esa terrorchilikka qarshi amaliyot boshlanganini ma’lum qildi, u oxir-oqibat musulmonlarga qarshi qirg‘inga olib keldi. O‘z navbatida, Xitoy va Hindiston Myanma hukumatining Rakxayn shtatidagi amaliyotini qo‘llab-quvvatladi. Fojiali hodisalar tufayli 400 mingdan ortiq rohingya musulmonlari boshqa davlatlarga qochib o‘tdi.
Avvalroq «Chegara bilmas shifokorlar» Myanmadan Rakxaynga kiritishni talab qilishayotgani xabar berilgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi