23:20 / 20.09.2017
6 421

Ispaniya orollarida 700 kilogrammli toshbaqa topildi

Ispaniya orollarida 700 kilogrammli toshbaqa topildi
Ispaniyaning Marseme tumanidagi Kalele sohillarida og‘irligi 700 kilogramm bo‘lgan ikki metrli toshbaqa o‘lik holda topildi. La Vanguardia gazetasi shu haqida xabar berdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Mahalliy biologlarning ma’lum qilishicha, sudralib yuruvchilarning bu turini O‘rta yer dengizida ikki ming yilda ko‘pi bilan 10 martagina ko‘rishgan.

Bunday qalin terili toshbaqalar tropik va subtropik suvlarni ma’qul ko‘rishadi, ayniqsa — Janubiy Amerikada. Ular mavjud toshbaqalar orasida eng yirik dengiz toshbaqalari hisoblanadi. Ularning fiziologiyasi katta masofalarga suzish uchun o‘z tana haroratini boshqarish imkonini beradi.

Toshbaqaning jasadi tadqiqot uchun Barselona Universitetiga yo‘llandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya orollarida 700 kilogrammli toshbaqa topildi