13:40 / 22.09.2017
5 231

Range Rover va tuya to‘qnashgan YTHning fotosuratlari tarqaldi

Range Rover va tuya to‘qnashgan YTHning fotosuratlari tarqaldi
Avvalroq, Qozog‘istonning Olma-ota viloyatida 19 sentyabr kuni Range Rover avtomobili tuya bilan to‘qnashganligi haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir nashri.

YTH sabab 5 kishi hayotdan ko‘z yumdi, shuningdek, tuya ham voqea joyida nobud bo‘lgandi.

Qozog‘iston OAVlarida mazkur halokat yuz bergan voqea joyidan olingan fotosuratlar tarqaldi. Suratlar ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilingan.

Suratlarda aks etganidek avtomobil jonivor bilan to‘qnashgandan keyin bir uyum metallga aylanib qolgan.

Mashina ichida bo‘lgan va vafot etgan 5 nafar ayol mahalliy oshxonalardan birida ishlagan oshpazlar bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Range Rover va tuya to‘qnashgan YTHning fotosuratlari tarqaldi