21 sentyabr kuni Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “DHA” agentligi xabar bermoqda.
21 sentyabr kuni 21:20 da TC-KON shaxsiy samolyoti Otaturk aeroportidan parvozga chiqdi. Samolyot Shimoliy Kiprga uchib ketgan edi. Ammo 10 daqiqa o‘tib, favqulodda qo‘nish uchun so‘rov yubordi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot qo‘pol ravishda qo‘nishni amalga oshirgan. Natijada esa uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, keyinchalik yonib ketgan.
Samolyot ichida bo‘lgan 2 nafar uchuvchi, styuardessa va bir nafar yo‘lovchi qutqarib olingan. Tarqalgan video va fotosuratlar orqali katta yong‘in chiqqanligini ko‘rish mumkin.
Aeroport osmonini qora bulut qoplagan, samolyot esa parchalanib ketgan.
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?