07:12 / 24.09.2017
7 159

Dubayda yong‘inlar tufayli baland binolar qoplamalari o‘zgartirilmoqda

Dubayda yong‘inlar tufayli baland binolar qoplamalari o‘zgartirilmoqda
Dubay oxirgi vaqtda tez-tez sodir bo‘layotgan yong‘inlar tufayli osmono‘par binolar tashqi tomoniga maxsus yong‘inga qarshi to‘siqlar o‘rnatishni boshlamoqda. Bu haqda «The National» amirlik nashriga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, bu tashabbus tashki qoplamasi yengil alangalanuvchan binolarni qamrab oladi. Bunda yong‘inga bardoshli materiallar qo‘llanadi.

Dubayda oxirgi yillarda baland binolarda yong‘inlar sodir bo‘lishi kamyob hodisa bo‘lmay qoldi. Oxirgi ikki yil ichida The Torch binosi ikki bor yongan. Bu bino ko‘plab boshqa baland binolar kabi alyuminiy qoplama bilan qoplangan.

Fasadlarga mahkamlanadigan to‘siqlar olovning tarqalishi oldini olishga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda yong‘inlar tufayli baland binolar qoplamalari o‘zgartirilmoqda