09:36 / 24.09.2017
8 408

Shimoliy Koreya o‘zining asosiy maqsadini ma’lum qildi

Шимолий Корея ўзининг асосий мақсадини маълум қилди
Shimoliy Koreya tomondan yadro quroliga ega bo‘lish o‘zini himoya qilish vositasi hisoblanadi, AQSh bilan kuch balansini yaratish lozim, deb aytdi Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo BMT Bosh assambleyasida.

"Bizning yakuniy maqsad – AQSh kuchlari bilan balans yaratish", deb aytgan vazir.

Shu bilan birga, Pxenyan AQShning harbiy manyovrlarida ishtirok etmaydigan davlatlarga yadro quroli bilan tahdid qilmoqchi emas.

"Bizda AQShning Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy harakatlariga qo‘shilmagan davlatlarga nisbatan yadro qurolini qo‘llash yoki u bilan tahdid qilish istagi umuman yo‘q", deb aytgan Li Yon Xo.

23 sentyabrda AQShning strategik bombardimonchilari va qiruvchi samolyotlari AQShning Shimoliy Koreyaga qarshi imkoniyatlarini ko‘rsatish maqsadida Shimoliy Koreya sohili bo‘ylab uchib o‘tdi, deb yozadi Kun nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya o‘zining asosiy maqsadini ma’lum qildi