28 sentyabrda Afg‘oniston poytaxti Kobulda portlash sodir etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 18:00larda shaharning tumanlaridan birida politsiya mashinasiga magnit yordamida mahkamlangan portlovchi qurilma portlagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 3 kishi, jumladan ikki politsiyachi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 16 nafar mahalliy fuqaro turli og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan, deb xabar bermoqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi vakili Najib Donishga iqtibos keltirgan holda 1TV telekanali.
Bu hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
Bundan avvalroq ham Kobulda stadiondagi o‘tkazish-tekshirish punktida portlash sodir bo‘lgandi. Bu yerda kriket bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tayotgan vaqtda terrorchi-xudkush o‘zini portlatgan. Bu hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi