09:02 / 29.09.2017
6 079

Bog‘cha yoshidagi bola otishma sodir etdi

Bog‘cha yoshidagi bola otishma sodir etdi
AQShning Detroyt shahri yaqinida bog‘cha yoshidagi bola tasodifan o‘qotar qurolni topib oldi hamda otishma sodir etib, ikki yosh bolani og‘ir yaraladi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar bergan.

Hodisa Dirborn shahrida ro‘y berdi. Har ikkala jabrlanuvchi ham uch yoshda bo‘lgan.

«Dastlabki tergovda aniqlanishicha, uyda bo‘lgan bolaning qo‘liga to‘pponcha tushib qolgan hamda o‘q uzishni boshlagan. Yaralangan bolalar og‘ir, ammo barqaror holatda qolmoqda», - deyiladi huquq-tartibot idorasi bayonotida.

Otishma ro‘y bergan xonada yana bir necha yosh bolalar bor edi, ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan politsiyachilar tomonidan so‘roq qilindi. Shuningdek, bolalarga qarab turgan ayol ham so‘roqqa tutildi. Hodisa yuzasidan hozircha hech kimga ayblovlar qo‘yilgani yo‘q.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bog‘cha yoshidagi bola otishma sodir etdi