10:14 / 29.09.2017
5 397

AQShning Rossiyadagi yangi elchisi nomzodi tasdiqlandi

AQShning Rossiyadagi yangi elchisi nomzodi tasdiqlandi
AQSh senati 28 sentyabrda o‘tgan ovoz berishda Yuta shtatining sobiq gubernatori Jon Xantsmanni AQShning Rossiyadagi elchisi lavozimiga bir ovozdan tasdiqladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Senatning xabar qilishicha, ovoz berish yig‘ilish oxirida soddalashtirilgan tartibda bo‘lib o‘tgan.

"Bu lavozim bilim va tajribani talab qiladi va men Jon bu ish uchun eng yaxshi nomzod ekaniga shubhalanmayman", deb aytgan Yuta shtatidan senator Orrin Xetch.

Xantsmanning nomzodi ushbu lavozimga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bildirilgan.

AQShning endilikda sobiq elchisi Jon Tefft Moskvani 28 sentyabrda tark etdi va pensiyaga ketishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning Rossiyadagi yangi elchisi nomzodi tasdiqlandi