16:36 / 29.09.2017
6 967

Liviyada IShIDning «sahro armiyasi» aniqlandi

Liviyada IShIDning «sahro armiyasi» aniqlandi
Liviya sahrolarida IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining mashg‘ulot o‘tkazadigan lagerlari joylashgan. Bu haqda Liviya prokuraturasi xodimi Sodiq al-Sur ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, gap «Abu Barokat nomi bilan tanilgan liviyalik jangari boshchiligida sahro armiyasi»ning paydo bo‘lishi haqida ketmoqda. «Uning tarkibiga uchta brigada kiradi. Ushbu armiya hukumat qo‘shinlari tomonidan Sirt shahri ozod etilganidan so‘ng paydo bo‘lgan», — deya aniqlik kiritdi al-Sur.

23 avgust kuni IShID terrorchilari mamlakat poytaxti Tripolidan 500 kilometr janubdagi Liviya milliy armiyasining nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilgani haqida xabar berilgandi. Ular to‘qqizta askarni, shuningdek, ikki nafar tinch aholini o‘ldirgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Liviyada IShIDning «sahro armiyasi» aniqlandi