Belgiya byudjet xarajatlarini 5 mlrd evroga qisqartirishga majbur bo‘lmoqda

  • 08 dekabr 2014, 22:15
  • 5 137
  • Dunyo
  • Belgiya byudjet xarajatlarini 5 mlrd evroga qisqartirishga majbur bo‘lmoqda

    Belgiya kelgusi ikki yil uchun byudjet xarajatlarini 5 milliard evro miqdorida kamaytirmoqchi. Bu haqida Belgiya Milliy banki rahbari Lyuk Koen ma’lum qiladi deya TASS nashri xabar tarqatgan.
    “Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat iqtisodida 2015 yili 2,1 foizlik, 2016 yilda esa, 1,3 foizlik defisit kuzatiladi. Bu esa, keyingi yili 1,5 mlrd evroni, 2016 yilda 3,5 mlrd evroni tejashimiz kerakligini anglatadi”, – deydi Lyuk Koen.

    Iyun oyida ichki ishlab chiqarish hajmi 1,3 foizga o‘sishi taxmin qilinayotgan edi, ammo yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 1 foizni tashkil etdi. Natijada, soliq tushumlari ham kamaydi va bu yilgi iqtisodi defisit 3,2 foizga teng bo‘ldi.

    Ayni paytda Belgiya qirolligida aholining bandlik ko‘rsatkichlari ham yomonlashgan. Joriy yilda aholining 8,5 foizi ishsizligi aniqlangan, 2016 yilga borib esa, bu ko‘rsatkich 8,7 foizga etishi mumkin.

    Turli manbalarda Belgiya iqtisodida ro‘y berayotgan bu pasayishlar Evropa Ittifoqining Rossiyaga qo‘llayotgan iqtisodiy sanksiyalari bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Belgiya byudjet xarajatlarini 5 mlrd evroga qisqartirishga majbur bo‘lmoqda