18:15 / 30.09.2017
5 418

Turkiya Idlibda harbiy politsiya kuchlarini joylashtirmoqda

Turkiya Idlibda harbiy politsiya kuchlarini joylashtirmoqda
Turkiya Suriyadagi deeskalatsiya zonalaridan biriga kiruvchi Idlib viloyatida harbiy politsiya kuchlarini joylashtirmoqda. Bu haqda «Interfaks»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Idlibda hozircha Rossiya harbiy politsiyasi yo‘q. Biroq bu yerda Turkiya harbiy politsiyasi vakillari o‘z kuchlarini joylashtirishni boshladi», — dedi agentlikning vaziyat bilan tanish manbasi.

Ma’lumot uchun, Ostonada bo‘lib o‘tgan Suriya tinchlik o‘rnatish tartibi kafillarining 6-uchrashuvida to‘rtinchi deeskalatsiya zonasi belgilandi. Mazkur zonaga Idlib, Latakiya, Aleppo va Xama kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Idlibda harbiy politsiya kuchlarini joylashtirmoqda