10 009
Ufologlar 2017 yil oxirida Yerga o‘zga sayyoraliklar kemalari bostirib kirishini taxmin qilishmoqda…
Ularning gapiga qaraganda, Gerkules yulduzlar majmuasi tarafdan yuzlab o‘zga sayyoraliklar fazo kemalari Yer sayyorasi tomon yo‘l olgan. Afsuski, yerliklarda mavjud qurollar o‘zga sayyoralik gumanoidlarga qarshi kurashish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Kurash strategiyasi ham talab darajasida emas.
Lekin NASA tashkiloti mutaxassislari ufologlarning bu xabarini keskin rad etdi. Ular aytishmoqdaki, orbitadagi fazo kemalari o‘zga sayyoraliklar tashrifini umuman aniqlamadi. Demak, bu shunchaki ufologlarning vahimasi xolos. Bundan tashqari, tashkilot mutaxassislari aytishdiki, fazoda shu qadar «axlat» ko‘pki, ufologlarning kuzatuv uskunalari o‘sha axlatlarni ham o‘zga sayyoraliklar kemasiga yo‘yishgani rost.
Orbitaga yaqin masofadagi o‘ta xavfli asteroidlarni kuzatishga ixtisoslashgan «AIDA» xizmati mutaxassislari ham bu vahimali xabarlarga umuman qo‘shilmayapti. Ularning hisob-kitobiga ko‘ra, 2022 yilgacha Yer sayyorasiga hech qanday xavf yaqin kelmaydi. Faqat besh yildan so‘ng «65803 Didymos» deb nom olgan asteroid Yer bilan to‘qnashish xavfi tug‘ilishi mumkin.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi