12:15 / 03.10.2017
5 015

AQShda Las-Vegasdagi otishma munosabati bilan 5 kunlik motam e’lon qilindi

AQShda Las-Vegasdagi otishma munosabati bilan 5 kunlik motam e’lon qilindi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Las-Vegasdagi otishma munosabati bilan 5 kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda 2 oktyabr, dushanba kuni Oq uy saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Korrespondent.net».

Otishma qurbonlariga hurmat ramzi sifatida AQSh bayrog‘i Oq uy va federal hukumatning barcha binolarida tushiriladi. Motam 6 oktyabr, juma kunigacha davom etadi.

Daryo.uz ning yozishicha, Trampning ko‘rsatmasiga binoan mamlakat milliy bayrog‘i AQSh elchixonalari, rasmiy vakolatxonalari, konsullik muassasalari va xorijdagi boshqa ob’ektlar, jumladan, harbiy ob’ektlar va harbiy-dengiz kemalarida ham tushiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda Las-Vegasdagi otishma munosabati bilan 5 kunlik motam e’lon qilindi