23:09 / 03.10.2017
6 710

Xitoylik mehmonxona pulini to‘lashdan qochishning antiqa usulini qo‘lladi (video)

Xitoylik mehmonxona pulini to‘lashdan qochishning antiqa usulini qo‘lladi (video)
Xitoyning Guychjou provinsiyasida erkak mehmonxona to‘lovlaridan qochishga urindi. U telefon simi bo‘ylab qarama-qarshi tomondagi binoga o‘tmoqchi bo‘ldi. «China Daily» ushbu videoni voqea joyidan uzatgani haqida Kun.uz xabar beradi.

Kadrlarda erkakning qochishga urinib 19-qavat balandligidagi telefon simida muvozanatni yo‘qotib, osilib qolganini ko‘rish mumkin. Uning yaqinida yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bo‘lgan.

Oxir-oqibat uni o‘t o‘chiruvchilar qutqarib olishdi, shundan keyin politsiya xodimlari uni idoraga olib ketishdi. Erkakning mehmonxonaga qancha qarz bo‘lgani haqida ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik mehmonxona pulini to‘lashdan qochishning antiqa usulini qo‘lladi (video)