«Kataloniya Ispaniya tarkibida qoladi», deya ta’kidlagan mamlakat qiroli Felipe VI. Bu haqda Kun nashri xabar beradi.
«Biz demokratik prinsiplarimizga rioya qilishimiz lozim. Shu tariqa, kelgusida yanada yaxshiroq bo‘luvchi Ispaniya tarkibida Kataloniya ham bo‘lishini istaymiz», — degan qirol millatga qilgan murojaati chog‘ida.
Qirolning fikricha, Kataloniya hokimiyatining referendum bilan bog‘liq xatti-harakatlari noqonuniy.
«Biz Kataloniya Jeneralitetining noqonuniy harakatlariga guvoh bo‘ldik», — degan qirol o‘z murojaatida.
Ispaniya hukumati tomonidan tan olinmaydigan, o‘tkazilguniga qadar Konstitutsiyaviy sud tomonidan muzlatilgan referendum Kataloniyada o‘tgan yakshanba kuni tashkillashtirilgandi. Ba’zi bir saylov uchastkalarida politsiya va saylovchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan, har ikki tomondan jabrlanganlar bor.
Ispaniya hukumati Kataloniyadagi hokimiyatni norozilik namoyishlari chog‘ida jabrlanganlar haqida noxolis axborot tarqatayotganlikda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi