5 522
Barselona shahri gvardiyasi: shaharda norozilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plandi
3 oktyabr, seshanba kuni Kataloniya mustaqilligi uchun bo‘lib o‘tgan referendumni to‘xtatishga qilingan harakatlarga qarshi bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plangan. Bu haqda «TASS»ga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.
«Barselonada uyushtirilgan nozorilik namoyishlariga 700 mingga yaqin odam to‘plandi», — deyiladi Barselona huquq-tartibot xizmatining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
1 oktyabr, yakshanba kuni Kataloniyada Ispaniya tarkibidan ajralib chiqish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Unda ovoz berish huquqiga ega 5,31 millon kataloniyalikning 2,26 millioni qatnashdi. Ovoz beruvchilarning 90 foizi mustaqillikni yoqlagan. Madrid ushbu referendumni noqonuniy deb hisoblamoqda, Barselona esa ovoz berish jarayonlari boshlangunga qadar plebissit qonuniy kuchga ega ekanligini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi