Biz maktablarda o‘quvchilarga nafaqat tan jarohati yetkazmaslik, balki haqoratli so‘z aytish mumkin emasligiga o‘rganganmiz. Ha, bizning maktablarda muallim yo muallima o‘zi dars berayotgan o‘quvchiga qo‘l ko‘tarish, uni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlash imkoniyatlaridan mahrum etilgan. Amerikada esa bu qonunlashtirib qo‘yilgan ekan. Masalan, Texas shtatida o‘tgan yili o‘quvchilarni kaltaklash qonunlashtirib qo‘yildi.
Muallimlar o‘quvchini tayoq bilan kaltaklash, chimchilash, quloq-chakkasiga tarsaki tushirish huquqiga ega. Bunday qonun nafaqat Texas, balki Amerikaning 19 ta shtati, 27 mingta maktabida amal qiladi. Bu shtatlardagi maktablarda o‘quvchini kaltaklash qonuniy hisoblanadi. O‘qituvchi shogirdlarini maktab hovlisida mushak otgani, sinfxonaga qo‘l telefoni olib kirgani yoki darsga quloq tutmasligi sababli maxsus tayyorlangan yog‘och kuraklar bilan ham bemalol kaltaklay oladi. Bu ishi uchun uni hech kim jazolamaydi. O‘quvchi esa aksar hollarda kaltak zarbidan kasalxonaga tushib qoladi, yoki unga nisbatan tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Ba’zi mutaxassislar muallimga shunday huquqlar berilishi ham Amerika maktablarida tez-tez qotilliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotganini taxmin qilishdan o‘zlarini tiya olishmayapti. Chunki har qanday vaziyatda ham go‘daklarni kaltaklash insoniy sifatlar va pedagogika etikasi nuqtai nazaridan yondashilganda, sharmandalik va vahshiylikdan bo‘lak narsa emas. Bunday tarbiya turi hech qachon yaxshilikka olib bormaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!