10:34 / 06.10.2017
9 209

Qozog‘istonda 14 yoshli o‘zbekistonlik bolaning jasadi topildi

Qozog‘istonda 14 yoshli o‘zbekistonlik bolaning jasadi topildi
2 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi hududida yo‘qolgan 14 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan o‘spirin Atirau viloyatida hududidan o‘lik holda topildi, deya taxmin qilinmoqda. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

Kecha, 5 oktyabr kuni Jilioy tumanidagi kanallarning biridan o‘smirning jasadi topilgan. Bu jasad sentyabr oyining boshlarida yo‘qolgani xabar qilingan O‘zbekiston fuqarosi Asilbek Hamroyev bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Hozirda jasadning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Biroq ichki ishlar organlari xodimlari bu jasad o‘zbekistonlik o‘smirga tegishli ekanini to‘la tasdiqlamadi.

Ma’lumot uchun, 2 sentyabr kuni Asilbek Hamroyev Jilioy tumanidagi Biijkal qishlog‘idan Kulsari shahriga yo‘l olgan paytda yo‘qolgan.

Bolaning onasi farzandi Kulsariga yetib olgan, deb o‘ylab xotirjam yurgan. Bolaning yo‘qolgani ma’lum bo‘lgach, politsiyaga 10 kundan keyin xabar qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 14 yoshli o‘zbekistonlik bolaning jasadi topildi