14:04 / 06.10.2017
8 374

Video: YTHga uchragan avtobusda 55 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan...

Video: YTHga uchragan avtobusda 55 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan...
Vladimir viloyati FVV bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat raqami 13 UDA668 bo‘lgan Mercedes rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus Vladimir viloyatida YTHga uchragani haqida xabar bergan edik.

Avtobusda 55 kishi bo‘lgan va ulardan 18 nafari va 1 nafar haydovchi halok bo‘lgan, 5 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning barchasi Petushin tumanining markaziy klinik shifoxonasiga yetkazilgan.

Hozirgi vaqtda Rossiyadagi qozog‘istonlik diplomatlar jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha ish olib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga uchragan avtobusda 55 nafar O‘zbekiston fuqarolari va 2 nafar qozog‘istonlik haydovchilar bo‘lgani aytilgan.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari bergan ma’lumotda juma kuniga o‘tar kechasi Pokrov shohbekatida sodir bo‘lgan YTHda avtobus va yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan avtobusning dvigatelida mavjud nosozlik sabab o‘chib qolgan.

Pokrov shahrida vaqtinchalik yordam ko‘rsatish markazi tashkil etilgan bo‘lib, hozirda ushbu hududda 37 nafar yo‘lovchi joylashtirilgan va ularning barchasi issiq ovqat bilan ta’minlangani aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Video: YTHga uchragan avtobusda 55 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan...