09:10 / 07.10.2017
13 408

Ufologlarning aytishicha, Oyning ustki qismida o‘zga sayyoraliklar bazasi bor ekan. Ular kuni kecha yerga signal yuboribdi…

Ufologlarning aytishicha, Oyning ustki qismida o‘zga sayyoraliklar bazasi bor ekan. Ular kuni kecha yerga signal yuboribdi…
Mutaxassislarning gapiga qaraganda, haqiqatan Oyda o‘zga sayyoraliklarning alohida bazasi joylashgan. Buni Amerikaning NASA tashkiloti mutasaddilari ham juda yaxshi bilishadi.

Lekin ular hanuz dunyo ahlidan bu haqiqatni sir tutishga intilishmoqda. Vaholanki, bu narsa «YouTube» kanallari orqali ham bir necha marta suratga olinib, Internet saytlariga tarqatilgan. Videolavhalarda o‘zga sayyoraliklar yerga rangli signal yuborayotgandagi holat namoyish etilgan.

Aniqroq aytganda, signal yashil rangda yo‘naltirilgan. Agar biror projektor bo‘lsa, u bir yoniboq o‘chmasdi, keyin yana paydo bo‘lib qolmasdi. Qolaversa, signal na projektor, na boshqa bir fazo kemasi chirog‘iga o‘xshaydi. Chaqmoq yo shu kabi tabiat mo‘’jizasiga yo‘yish ham noto‘g‘ri bo‘lardi.

Demak, bu rostdan ham o‘zga sayyoraliklarga tegishli signal va ular shu yo‘l bilan o‘zlari haqida bizga ma’lum qilishni istashayotgan bo‘lishi mumkin.

Baribir Internetda, fan olamida shu mavzuda bahslar to‘xtagani yo‘q. Aksincha kuchaygandan kuchayib bormoqda. Kimlardir bu oddiy chiroq desa, boshqalar videomontaj ekanini aytishyapti. Ishqilib, bahslar yaqin orada asl haqiqat yuzaga chiqishini ta’minlab bersa ajab emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ufologlarning aytishicha, Oyning ustki qismida o‘zga sayyoraliklar bazasi bor ekan. Ular kuni kecha yerga signal yuboribdi…