Bu hodisa Amerikaning Vayoming shtatiga qarashli Kasper shahrida sodir bo‘ldi. Ist-Sekond-Strit ko‘chasida bir ajabtovur yigit paydo bo‘ldi-da, bor ovozda yerga o‘zga sayyoraliklar hujum qilishi muqarrarligini aytib baqira boshladi. Kimdir birov politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib yubordi.
Politsiyachilar darhol ko‘rsatilgan manzilga yetib kelib tartib buzuvchini qo‘lga olishdi. Bu yigitning egnidagi kiyimlari ham g‘alati edi. Politsiya mahkamasida esa u 2048 yildan kelganini ma’lum qilib, 2025 yili yerga o‘zga sayyoraliklar hujum qilishini aytib turib oldi.
— Bu urush juda shafqatsiz va og‘ir kechadi, — dedi yigit. — Taxminan 20 yildan ko‘proq davom etadi. 2048 yilga boribgina vaqt mashinasi yaratiladi-yu, urushga barham beriladi. Ana shunda meni yana 2017 yilga — sizlarning davringizga qaytarishadi. Meni sizlarning oldingizga kutilayotgan jiddiy xavfdan barchani ogoh etishim uchun yuborishdi. Men shahar meri bilan tez orada gaplashib olishim shart. U men bergan ma’lumot va xabarlarni Amerika rahbarlariga yetkazadi…
Mutaxassislarning aytishicha, bu manzara ularga «Terminator» jangari filmini eslatibdi. Filmda vaqt mashinalari sovuq urushga barham bera olishgan…
Ammo barcha hayron bo‘lib qoldi. Politsiyachilar, shahar merligidagilar bu yigitning kimligini aniq taxmin eta olmay, mulzam tortishdi.
Aksiga olgandek, bironta ham kompyuter bu g‘alatomuz yigitning miyasini tahlil eta olmadi. Shuni hisobga olib shahar rahbarlari kutishga ahd qilishdi. Inshoolloh, ertami-kechmi uning miya tuzilishi, umuman, organizmi kompyuter tomografiyasidan o‘tkazilsa, masalaga oydinlik kirishi aniq.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»