16:30 / 08.10.2017
7 876

Olimlar: Yaqin kunlarda Yerga ulkan sun’iy yo‘ldosh qulashi mumkin

Olimlar: Yaqin kunlarda Yerga ulkan sun’iy yo‘ldosh qulashi mumkin
Sobiq ittifoq davrida yaratilgan 1,5 tonnalik "Molniya-1-44" sun’iy yo‘ldoshi yaqin ikki hafta ichida Yerga qulashi mumkin. Bunday fikrga NASA mutaxassislari kelganlar.

"Molniya-1-44" Sobiq ittifoq tomondan 1979 yilda uchirilgan va telegraf-telefon aloqasini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Olimlarning ta’kidlashicha, sun’iy yo‘ldoshning Yer atrofida aylanish tezligi pasaygan va u yaqin orada orbitadan chiqib ketadi. Shu bilan birga u shunchalik katta o‘lchamlarga egaki, atmosferaning zich qatlamlarida to‘liq yonib keta olmaydi.

Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh qayerga va qachon qulashini aniq ayta olmayaptilar. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu 20 oktyabrgacha yuz berishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, "Molniya-1-44" orbitadan chiqib ketayotgan yagona qurilma emas. Avvalroq OAVda ma’lum qilingandek, Sobiq ittifoqning yana bir sun’iy yo‘ldoshi "Kosmos-1345" Yerga taxminan 4 noyabrda qulaydi va uning vazni 1700 kg ni tashkil qiladi. U koinotda 1982 yildan beri uchib yuradi.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: Yaqin kunlarda Yerga ulkan sun’iy yo‘ldosh qulashi mumkin