13:45 / 09.10.2017
5 460

Dubayda havo taksisida joy band qilish dasturi ishga tushirildi

Dubayda havo taksisida joy band qilish dasturi ishga tushirildi
Road and Transport Authority uchuvchisiz uchish qurilmalari — havo taksilarida parvozlar uchun joy band qilishga mo‘ljallangan dastur ishga tushirilganini e’lon qildi. Bu haqda «UAE Inside»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Transport kompaniyasi vakillari, taksi-kopterlardan tashqari, mijozlarga jamoat transportining barcha turlari, jumladan, Uber va Careem xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi S’hail dasturini ham taqdim etadi.

Mazkur yangiliklar BAAda oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Gitex 2017 texnologiya ko‘rgazmasi uchun mo‘ljallangan. Ko‘rgazmada mamlakat va mintaqadagi so‘nggi texnologik ishlanmalar namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda havo taksisida joy band qilish dasturi ishga tushirildi