20:30 / 11.10.2017
4 544

Yevropada “bo‘linish” an’ana bo‘lmoqdami? Endi navbat shotlandlarga!

Yevropada “bo‘linish” an’ana bo‘lmoqdami? Endi navbat shotlandlarga!
Shotlandiya Milliy partiyasi (Scots Naitional Pairtie — SNP) rahbari o‘rinbosari Angus Robertson Shotlandiya Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish uchun yangi referendum o‘tkazishni ma’lum qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Shotlandiya oxirgi marta 2014 yilda mustaqillik referendumni o‘tkazgan edi. Referendumdan keyin mamlakat Buyuk Britaniya qirolligi tarkibida qolishni afzal ko‘rgandi.

Ammo Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish ehtimolining paydo bo‘lishi natijasida shotlandlarda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritish istagi yangida paydo bo‘ldi, deyish mumkin.

Siyosiy ekspertlarning fikricha, Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan chiqish uchun o‘tkazilgan referendumdan keyin Yevropadagi ba’zi mamlakatlarning hududida yangi mustaqil davlatlar tashkil topish ehtimoli ortib borishi mumkin.

Jumladan, Ispaniyada katalonlardan keyin basklar, Germaniyada Bavariya viloyatida mustaqillik uchun harakatni boshlashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada “bo‘linish” an’ana bo‘lmoqdami? Endi navbat shotlandlarga!