21:45 / 12.10.2017
5 708

Dubay politsiyachilari endi uchar mototsikllarda xizmat vazifasini o‘taydi…

Dubay politsiyachilari endi uchar mototsikllarda xizmat vazifasini o‘taydi…
Rossiyalik ixtirochilar «HoverBike Scorpion-3» uchar mototsikllarini yaratishgani haqida yaqinda xabar berilgandi. Bu mototsikllarni «HoverSurf» kompaniyasi mutaxassislari yaratib, Moskva viloyatidagi «Moscow Raceway» poyga trassasida muvaffaqiyatli sinovdan ham o‘tkazishdi.

Bu transport vositasi 4 ta motor va aylanuvchi 4 ta vintga ega. Elektr tokidan quvvat oluvchi batareyasi vazni 50 kilogrammni tashkil etadi. Mototsikl havoda soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanish imkoniga ega. Bir marta elektr quvvatiga to‘yintirilgan akkumlyatori yarim soat parvoz qilish uchun sharoit yaratadi. Ammo bu mototsikllar oddiy benzinga ham moslashtirilgan. Benzinda ular bir soat havoda to‘xtamasdan harakatlana oladi va 300 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi yuklarni ko‘tarish quvvatiga ega.

Qarangki, uchar mototsikllarga yaqinda Dubay politsiyasi buyurtma berdi. Ular endi o‘z xizmat vazifasini uchar mototsikllarda o‘tashga qaror qilishibdi. Darvoqe, agar politsiyachi o‘z hayotini xavfga qo‘yishni istamasa, uchar mototsikllarni pult yordamida boshqarsa ham bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay politsiyachilari endi uchar mototsikllarda xizmat vazifasini o‘taydi…