23:23 / 12.10.2017
9 386

Saudiya Arabistoni qiroli chiqargan farmonlar dunyo ahlini hayratdan yoqa ushlashga majbur etmoqda…

Saudiya Arabistoni qiroli chiqargan farmonlar dunyo ahlini hayratdan yoqa ushlashga majbur etmoqda…
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz al-Saud xalq, mamlakat farovonligi uchun shunday farmonlar e’lon qilganki, hayratga tushmay ilojingiz yo‘q, deb yozadi Hordiq.uz nashri.

Masalan, 2015 yili akasining o‘limidan so‘ng Saudiya Arabistoni taxtiga o‘tirgach, davlat byudjetidagi xizmatchilar, talabalar va pensionerlarga ikki oylik maosh miqdorida mukofot puli tarqatdi. Turli sabablar bilan jarimaga tortilgan 500 nafarga yaqin fuqaro bu jarimalardan ozod etildi. Jarimalar 133 ming AQSh dollari miqdorida bo‘lib, qirol buni xazinadan to‘lash haqida farmon berdi.

Salmon ibn Abdul-Aziz al-Saud «Tvitter» ijtimoiy internet tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega va shu orqali fuqarolar bilan fikr almashadi, yordam so‘ralsa, imkon darajasida yordam ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, u qirollik taxtiga o‘tirgach, quyidagi ishlarni amalga oshirdi:
Turmalarda jazo muddatini o‘tayotgan xorijlik jinoyatchilarni vataniga haydab soldi. Bu jinoyatchilarga kelgusida Saudiya Arabistoniga kirish taqiqlab qo‘yildi. Qirolning aytishicha, o‘zga mamlakatlarning jinoyatga qo‘l urgan fuqarolarini boqishni istamabdi.
O‘z xalqi ichimlik suvi va elektr quvvatidan tekin foydalanishi uchun xazinadan 20 milliard dollar mablag‘ ajratdi.

Madaniyat, sport, ta’lim sohasi, kooperativ va kasaba uyushmalari harakatini o‘z qanoti ostiga oldi. Ularni yetarlicha mablag‘ bilan ta’minladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni qiroli chiqargan farmonlar dunyo ahlini hayratdan yoqa ushlashga majbur etmoqda…