09:23 / 14.10.2017
10 308

Diqqat, Rossiya jinoyat olamining «avtoritet»i o‘zgardi!

Diqqat, Rossiya jinoyat olamining «avtoritet»i o‘zgardi!
Ma’lumki, shu paytga qadar Rossiyadagi jinoyatchilar dunyosida Zaxariy Kalashov, «Shakro Molodoy» laqabi bilan mashhur o‘g‘riboshi «avtoritet» hisoblanardi. Ammo u politsiyachilar tarafidan qo‘lga olingan. Uni uyushgan jinoyat to‘dasiga yetakchilik qilganlik, qotillik, uyda noqonuniy tarzda qurol asraganlik, narkotik moddalar savdosida ayblashgan.

Demak, endi sobiq o‘g‘riboshi uzoq vaqt turmada o‘tirishga majbur bo‘ladi. Shuni hisobga olgan jinoyatchi to‘dalar yetakchilari asosiy «avtoritet» sifatida 42 yoshli o‘g‘riboshi Kaxaber Parpaliy (Kaxa Galskiy) ni tanlashdi. U Shakro Molodoyning eng yaqin hamtovoqlaridan biri hisoblanib, jinoyat olamining hisob-kitob ishlarini yurgazib kelgan.

Aslida jinoyatchilar o‘zlarining doirasida «saylov» tashkil etishgandi. Saylovda bir necha jinoyatchi «avtoritet»likka da’vogarlik qilgan. Ammo bu Shakro Molodoyga yoqmaganmish. U SIZO dan turib hamtovoqlariga maktub yo‘lladi va saylovsiz Kaxa Galskiyni tayinlash zarurligini uqtirdi. Shunday qilib Kaxa Galskiy Rossiya jinoyatchilarining asosiy yetakchisi sifatida tanlandi.

Rasmiy xabarlarga qaraganda, Kaxa 1975 yili tug‘ilgan. 1999 yili Moskvada «Qonundagi o‘g‘ri» «toj»ini kiygan. Bungacha huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari Kaxani ko‘p marotaba qo‘lga olishgan va uni jinoyatning deyarli barcha turlarida ayblashgan. Afsuski, har gal turmadan tez orada chiqib ketish unga nasib etavergan.

Hozirgi kunda Rossiya tergov qo‘mitasi xodimlari unga qarshi ish olib borishmoqda. Umid qilamizki, Kaxa ham Shakro kabi bir kunmas bir kun albatta qilmishlariga yarasha jazosini oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Diqqat, Rossiya jinoyat olamining «avtoritet»i o‘zgardi!